avatar
Куч
100.40
Рейтинг
+37.29

Eshniyazov Jaloliddin Rimbaevich

Мақолалар

Shaftoli xazoni...

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан

Шафтоли хазони

Шамоллар ҳайқирса сени еслайман,

Сукунат бағридан келасан гўё.

Шафтоли хазонин териб йиғлайман,

Мени овутади гўёки дунё.

Баҳорнинг ифорин астирга олиб,

Севги гулшанига биз келтиргандик.

Ёлғиз замин ичра биз ёлғиз қолиб,

Шафтоли ниҳолин бирга еккандик.

Ҳар сафар тепалик ёнидан юрсам,

Шафтоли дарахтин қучиб ўтаман.

Сарғайиб тушётган хазон бағрига,

Соғинч дардларимни сочиб ўтаман.

Севги гулшанида қолмади ҳислар,

Фақат кўриш мумкин ишқнинг қабрини.

Қаҳрин сочганича куз довуллари,

Қийнаб синамоқда ниҳол сабрини.

Boburni yig'latgan nima?..

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан

Бобурни йиғлатган нима?..

Тарих айтсам бошим гирён, ақлим жим,

Келажак бўлади ягона таскин.

Ўйга толган, кўкси пора, оҳ ғамгин,

Бобурни йиғлатган, бўзлатган у ким?..

Қалбида Андижон олови ёниб,

Ҳинднинг тупроғини кезди саргардон.

Ёниқ сатрларини ҳижронга қориб,

Айтинг, шоҳ Бобурни йиғлатган у ким?..

"Ba'rikeng ustaxona"

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан

                               Bag‘rikeng ustaxona

                                             (hikoya)

   Uning uyi katta yo‘l chekkasida joylashgan edi. Yo‘lning narigi tomonidagi oyoq kiyim ustaxonasida poyabzal ta’mirlash bilan shug‘ullanar, mahalladoshlari uni mohir Rasul deya chaqirishga odatlanishgan. Buning sababi bor albatta. Chunki u o‘z ishini sidqidildan bajarar, ta’mirlagan oyoqkiyimi xuddi yangidek tovlanib turardi.

   Yozning saraton kunlari. Oftob osmonning qoq o‘rtasida. Bu vaqtda mohir rasulning xotini Xumora unga tushlik keltirishga odatlangan. Mana, u bugun hamqo‘lida tuguni bilan ustaxona tomon kelyapti. Mohir Rasul  qo‘lidagi ispancha tuflini ish stoliga qo‘ydi-da xotiniga qarab:

she'rlar

Блог им. friendship

Жонимга пайваста тилим...

Эзгу амалларга чорлайсан ўзинг,

Ҳар лафзим мўтабар, ҳар лафзим қутлуғ.

Ватанга қиёслаб юксалтгум гоҳи,

Гоҳи ўхшатаман онамдай улуғ.

Кўҳна наволаринг жонга пайваста,

Дилимда кўкарган навқирон ниҳол.

Халқнинг ўтмишисан, халқнинг юраги,

Миллат осмонини ёритган ҳилол.

Чўлпоннинг ҳасратин тингладим сенда,

Бобуринг тўлғониб яратди ғазал.

Дунёни танидим сабоқларингда,

Қонимга синггансан бугунмас азал.

Yurt kelajagi yoshlar qo`lida

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан

   “…Ma’naviy jihatdan yuksak insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg‘onish g‘oyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoladi” deya ta’kidlagan edi yurtboshimiz. Haqiqatan, respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlaboq, avvalo, ta’lim-tarbiya, o‘quv sohasigae’tibor qaratildi. Bu borada 1997-yili qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturi ham alohida o‘rin kasb etadi. Zero, yurt kelajagini belgilab beruvchi kuch ham aynan yoshlardir.